Madaniyat

Nadejda Babkina "Sharq taronalari" festivali uni hayratda qoldirganini aytdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishNarodnaya artistka Rossii Nadejda Babkina
Narodnaya artistka Rossii Nadejda Babkina - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya xalq artisti va uning "Russkaya pesnya" jamoasi Samarqandda "Sharq taronalari" festivalida zavqqa toʻldi

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiya xalq artisti Nadejda Babkina "Sharq taronalari" xalqaro festivalida chiqish qildi va Samarqand goʻzalligidan lol qoldi.

"Samarqanddagi "Sharq taronalari" xalqaro festivali aʼlo darajada! Butun dunyodan artistlar — 59 jamoa yigʻilgan. Turli janrlar namoyish etilmoqda — xalq musiqasi va opera. Gruziyalik artistlar raqs ijro etishdi — qadamlaridan uchqun sachradi! Italiyalik chiqish qildi — ovozi zoʻr. Muhit ajoyib, rang-barang. Madaniyat chegara bilmaydi!", — deb yozdi Babkina oʻzining Instagram sahifasida.

Publikatsiya ot Nadejda Babkina (@ngbabkina) Avg 29 2017 v 12:46 PDT

 

U turli xalqlarni birlashtiruvchi festivalning aʼlo darajada tashkillashtirilgani hamda "Russkaya pesnya" ansamblini Samarqandga taklif etgani uchun Oʻzbekistonga minnatdorlik bildirdi.

"Tashkilotchilar 11-bor ulkan va xayrli ishni amalga oshirishmoqda. Festival xalqlarning anʼanalari oʻrtasidagi bogʻliqlikni his qilishga yordam beradi", — deb yozdi u.

Samarqandda 25 avgust kuni boshlangan "Sharq taronalari" xalqaro festivali 30 avgustga qadar davom etadi. Festival ilk bor 1997 yili Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan oʻtkazilgandi. Mazkur sanʼat bayramini oʻtkazishdan maqsad milliy musiqa sanʼatini ommalashtirish va saqlab qolishdir. Festival ikki yilda bir marta, avgust oxirida oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala