TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Prezident qarorida aytilishiga koʻra, toʻrt nafar otaxon va oʻn nafar onaxonlar, Oʻzbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
“Shuhrat” medali Oʻzbekiston mustaqilligini, iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga, yosh avlodni vatanga muhabbat va mustaqillik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbilashda qoʻshgan hissasi, fidokorona mehnati, vatanparvarligi, jamoat ishlarida faol mehnat qilib erishgan hurmat va ehtiromi uchun beriladi.
Oʻzbekiston - umri uzoqlar mamlakati

Oʻzbekiston - umri uzoqlar mamlakati