Donald Tramp O‘zbekiston prezidentiga tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Tramp Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan mintaqada barqarorlikni ta’minlash, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabrik maktubini yo‘lladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Vazir Kamilov AQSh va Kanada yahudiylari kongressi prezidenti bilan uchrashdi
Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizni va O‘zbekiston xalqini 1-sentabr kuni nishonlanadigan mamlakatingiz mustaqilligining 26-yilligi bilan Amerika xalqi nomidan muborakbod etaman.

O‘zbekiston milliy bayrami hamda Sizning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatingizning birinchi yili yakunlanayotgani munosabati bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik va sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida qat’iy ekanimizni tasdiqlamoqchiman.

Biz Sizning rahnamoligingizda amalga oshirilayotgan mintaqada barqarorlikni ta’minlash, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Sizga va butun O‘zbekiston xalqiga ushbu qutlug‘ sanani shodu xurramlik bilan nishonlashni tilayman", — deyiladi Tramp yo‘llagan tabrik telegrammasida.

Yangiliklar lentasi
0