TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Irqiy diskriminatsiya masalalari boʻyicha qoʻmita aʼzolari Tojikiston hukumatini Oila kodeksiga kiritilgan tuzatishni bekor qilishga chaqirishmoqda, deb xabar qilmoqda BMT yangiliklar markazi. Tuzatishga koʻra, chet elliklar va fuqaroligi yoʻq shaxslar, shu jumladan migrantlarga tojikistonlik ayollar bilan nikohdan oʻtish cheklangan.
Ekspertlar fikriga koʻra, bu kabi cheklovlar inson ega boʻlgan asosiy huqular, shu jumladan oʻziga juft tanlash huquqining oʻta qoʻpol tarzda buzilishidan dalolat beradi.
Tojikiston prezidenti respublika ayollarini Onalar kuni bilan tabriklar ekan, tojik ayollarini bebaho xazinaga qiyoslagan edi. Emomali Rahmonning soʻzlariga koʻra, Tojikiston hukumati ayollar va qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga kuchli eʼtibor bilan qaraydi.
"Bizning ayollarimiz davlat ishlarida faol, ular erkaklar bilan teng qatorda jamiyatimiz va davlatimiz rivoji uchun kurashmoqda", — deya taʼkidladi, deb xabar qiladi Sputnik Tojikiston.