Hodisalar

Toshkent viloyatida erkak oʻz farzandlarini bolgʻa bilan urib oʻldirishga urindi

© StringerMilitsiya avtomobili
Militsiya avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Faqat uchinchi shaxslar aralashuvi tufayli norasida goʻdaklar bilan mudhish hodisa yuz berishi oldi olindi. Gumonlanuvchi hibsga olingan

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Toshkent viloyatida erkak oʻz rafiqasi va ikki nafar voyaga yetmagan farzandini temir bolgʻa yordamida urib oʻldirishga harakat qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Viloyat prokuraturasi maʼlumotlariga koʻra, jinoiy ishning bosh ishtirokchisi — Qibray tumanida istiqomat qiluvchi 1973 yilda tugʻilgan erkak oilaviy nizolar tufayli uch kishining hayotiga suʼiqasd uyushtirgan.

"Erkak 1985 yilda tugʻilgan sharʼiy nikohda boʻlgan rafiqasi bilan urishib qolgach, ayolni va uning biri 9 biri 11 yoshda boʻlgan voyaga yetmagan farzandlarini miyaning orqa qismiga temir bolgʻa bilan urib oʻldirmoqchi boʻlgan. Jinoyatchi oʻz yaqinlariga ogʻir tan jarohatlarini yetkazgan. Agar uchinchi shaxslar aralashmaganlarida uch karra qotillik muqarrar edi. Ayni vaqtda jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan", — deb xabar bergan prokuratura vakili.

Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, gumondor hibsga olingan. Prokuratura tomonidan dastlabki tergov ishlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0