Islom Karimov Fondi o‘zbek hunarmandligiga bag‘ishlangan kitobni nashr etdi

© Facebook / Islam Karimov FoundationFond imeni Islama Karimova sovmestno s Postoyannim Predstavitelstvom Uzbekistana pri YuNESKO vipustil knigu "Renessans uzbekskogo shelka", posvashennuyu mnogovekovoy shkole tkachestva po texnologii "ikat"
Fond imeni Islama Karimova sovmestno s Postoyannim Predstavitelstvom Uzbekistana pri YuNESKO vipustil knigu Renessans uzbekskogo shelka, posvashennuyu mnogovekovoy shkole tkachestva po texnologii ikat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rt tilda (o‘zbek, rus, ingliz va fransuz) chop etilgan ushbu kitobni milliy ipakchilik xususidagi mukammal solnoma deb atash mumkin

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Fond O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda ko‘p asrlik tarixga ega abrbandi usulidagi to‘quvchilik maktabiga bag‘ishlangan "O‘zbek ipagining gulgun fasli" deb atalgan kitobni nashr etdi. Bu haqda Fondning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qilinmoqda.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov xayriya fondi xorijda o‘qish uchun birinchi tanlov e’lon qildi

Xabarda aytilishicha, kitob to‘rt tilda (o‘zbek, rus, ingliz va fransuz) chop etilgan bo‘lib, uni milliy ipakchilik xususidagi mukammal solnoma deb atash mumkin, unda to‘quvchilik an’analari paydo bo‘lishidan zamonaviy o‘zbek abrbandi durdonalariga qadar — o‘tmish va bugun haqida so‘z boradi.

"Betakror va benazir to‘quvchilik an’analariga ega abrbandi maktabi o‘zbek xalqining bebaho madaniy boyligidir. U asrlar mobaynida muqaddas omonat o‘laroq avloddan avlodga yetkazilmoqda. Sharq Uyg‘onish davridan hozirga qadar o‘zbek hunarmand ustalari dunyoga favqulodda go‘zallik va mukammallik namunalarini taqdim etib kelmoqda. Aytish joizki, o‘zbek hunarmand ustalari chinakam milliy madaniy meros sanalgan va XXI asrda yangi uyg‘onish hamda taraqqiyot pallasiga kirgan to‘quvchilik an’analari va usullarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab kelmoqdalar", deyiladi Fond xabarida.

Islom Karimov nomidagi Fond madaniy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni chop etish va tarqatish, boy milliy an’analarga, shuningdek, madaniyat, adabiyot va hunarmandchilikka hamda o‘zbek xalqi haqli ravishda faxrlanadigan boshqa yutuqlarga bag‘ishlangan manbalarni tayyorlash va nashr etishga ko‘maklashadi.

Yangiliklar lentasi
0