AQShda "Xarvi" to‘foni 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

© REUTERS / Rick WilkingVolonteri pomogayut pri evakuatsii jiteley iz zoni navodneniya v Texase
Volonteri pomogayut pri evakuatsii jiteley iz zoni navodneniya v Texase - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sakkiz kun davomida "Xarvi" to‘foni rekord darajadagi yog‘inganchiliklarni keltirib chiqardi. Suv toshqinlaridan Xyuston va Texasda 13 ming aholi qutqarib qolindi

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. AQSh Texasda suv toshqini oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, 13 mingdan ortiq kishi qutqarib qolindi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xitoyda tog‘ ko‘chkisi oqibatida 37 kishi bedarak yo‘qoldi

AQSh prezidenti Donald Tramp tabiiy ofat ro‘y bergan hududga tashrif buyurib, jabrlanganlarga federal yordam beriladi. deya va’da qildi.

Sakkiz kun davomida "Xarvi" to‘foni rekord darajadagi yog‘inganchiliklarni keltirib chiqargan.

"Men uylaymanki, suvlar ketib, yo‘llar ochilishi bilan halok bo‘lgan kishilar soni keskin ortib ketishi mumkin", — deydi Galveston bosh sud tibbiy eksperti Erin Barnxart.

Xyuston va Texasda sodir bo‘lgan suv toshqinida 13 ming kishi qutqarib qolindi.

© REUTERS / Adrees LatifUlitsa Xyustona, zatoplennaya v rezultate uragana Xarvi. 28-avgusta 2017
Ulitsa Xyustona, zatoplennaya v rezultate uragana Xarvi. 28-avgusta 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Ulitsa Xyustona, zatoplennaya v rezultate uragana Xarvi. 28-avgusta 2017

Xyuston politsiya boshlig‘i Art Asevedo ma’lumotiga ko‘ra, suv bosgan uylardan 4,1 ming kishi olib chiqildi. Qutqaruv operatsiyasiga 200 ga yaqin politsiyachilar jalb etilgan.

Bugungi kunda Xyustondagi eng yirik anjuman saroyida 9 mingga yaqin kishilar joylashtirilgan. Hukumat vakillari jabrlanganlarni qabul qiladigan 2-3 ta yangi yirik markazlarni ochishni rejalashtirilmoqda.

"Xarvi" to‘foni so‘ngi 12-yil ichida eng ko‘p vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan tabiiy ofat deb tan olinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0