Dunyoda

Yaponiya Bosh vaziri oʻrinbosari Gitler haqida aytgan soʻzlari uchun uzr soʻradi

© AP Photo / Andrew MedichiniYaponiya Bosh vaziri oʻrinbosari Taro Aso
Yaponiya Bosh vaziri oʻrinbosari Taro Aso - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Gitlerning motivlariga nisbatan xatoga yoʻl qoʻyilganligi kundek ravshan. Men oʻz soʻzlarimni qaytarib olaman, chunki uni misol tariqasida keltirish nooʻrin edi", - deb aytgan Aso. Siyosatchi soʻzlarilan Kiodo agentligi iqtibos keltirgan

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Yaponiya Bosh vazirining oʻrinbosari, Moliya vaziri va Vazirlar mahkamasi rahbari Sindzo Abening eng yaqin doʻstlaridan biri Taro Aso chorshanba kuni Adolf Gitler haqida aytgan soʻzlari uchun uzr soʻradi.

Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Erdoʻgʻon Gitler Germaniyasini samarali prezident boshqaruviga misol qilib koʻrsatdi
Bir kun avval Aso yosh siyosatchilar — oʻz tarafdorlari oldida nutq soʻzlar ekan, siyosatchi faoliyatida natija qay darajada muhimligi haqida gapirgan va Gitlerni misol keltirgan. "Siyosatchining motivlari haqida soʻrashmaydi. Natija muhim. Bir necha million insonni oʻldirgan Gitlerning motivlari qay darajada toʻgʻri boʻlmasin, bu yaramaydi", — deb aytgan siyosatchi.

"Gitlerning motivlariga nisbatan xatoga yoʻl qoʻyilganligi kundek ravshan. Men oʻz soʻzlarimni qaytarib olaman, chunki uni misol tariqasida keltirish nooʻrin edi", — deb aytgan Aso. Siyosatchi soʻzlarilan Kiodo agentligi iqtibos keltirgan.

Yaponiyaning muxolifat Demokratik partiyasi esa Aso tomonidan aytilgan gaplarni qattiq tanqid ostiga olgan va bu singari dunyoqarashga ega kishi hukumat tarkibiga kiritila olmasligini qatʼiy bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0