Mirziyoyev nutqlarida eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar ma’lum qilindi

Obuna bo‘lish
Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, prezidentning eng sevimli so‘zlari "xalq va mamlakat" ekan

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. "Taraqqiyot strategiyasi" markazining Yoshlar sektori O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12 ta ma’ruza va nutqlari matnlarining lingvistik tahlili natijalarini e’lon qildi.

Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, prezidentning eng sevimli so‘zlari "xalq va mamlakat" ekan. Mirziyoyev bu so‘zlarni o‘z chiqishlarida 298-marta ishlatgan.

Shuningdek, davlat rahbarining ma’ruza va nutqlarida "iqtisod va hududlar" so‘zlari 158-marta, "rivojlanish" so‘zi 111-marta, "samarali va tarkibiy" so‘zlari 87-marta, "xalqaro va xorijiy" so‘zlari 55-marta, "investitsiya" so‘zi 30-marta qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0