Dunyoda

AQSH va Janubiy Koreya hamkorlikda harbiy oʻquv mashgʻulotlarni oʻtkazdi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishAmerikanskiy istrebitel
Amerikanskiy istrebitel - Sputnik Oʻzbekiston
Shimoliy Koreya 29 avgust kuni Yaponiya hududi ustidan ballistik raketa uchirgach, AQSH va Janubiy Koreya bunga javoban hamkorlikda harbiy mashgʻulotlar oʻtkazishdi

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. AQSH va Janubiy Koreya hamkorlikda qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar ishtirokida katta harbiy oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazishdi. Mashgʻulotlar Shimoliy Koreya tomonidan ballistik raketa uchirilishiga javoban oʻtkazildi, deb xabar qldi RIA Novosti Janubiy Koreya mudofaa vazirligi mansabdor shaxslaridan olingan maʼlumotga tayangan holda.

Modifikatsiya atomnoy bombы B61-12 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH havo harbiy kuchlari yadroviy bombani sinovdan oʻtkazdi

Xabarda aytilishicha, harbiy mashgʻulotlarda AQShning B-1B Lancer bombardimonchi va Lockheed Martin F-35 qiruvchi samolyotlari, shuningdek Janubiy Koreyaning F-15K samolyotlari ishtirok etdi. AQShning Boeing KC-135 Stratotanker harbiy-transport samolyoti ham jalb etildi.
Oʻquv-mashgʻulotlar Kanvondo provintsiyasida oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, 29 avgust kuni Shimoliy Koreya ballistik raketani uchirgan edi. Raketa Yaponiya hududi ustidan uchib oʻtib, Xokkaydo hududida qulagan. Raketaning 2,7 ming km masofani 14 minutda uchib oʻtgan. Raketaning maksimal tezligi 550 km/s tashkil qildi. Yaponiyaning havo va suv kuchlariga talofat yetkazilganligi haqida maʼlumotlar qayd etilmadi.

Shimoliy Koreya bunga qadar 2009 yilning aprel oyida "Tepxodon-2" raketasini Yaponiya hududi ustidan uchirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala