Eng katta palov, "Tandir-shou" va modalar namoyishi: Toshkentda "O‘zbegim" festivali o‘tkaziladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTomoshabinlar
Tomoshabinlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aynan shu festivalda dunyo bo‘yicha eng katta palov tayyorlanishi kutilyapti

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. 8-sentabr kuni Toshkent shahri Sayilgoh ko‘chasida "O‘zbegim" an’anaviy madaniyat festivali o‘tkaziladi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida.

V Uzbekistane prigotovat samiy bolshoy plov v mire - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ulkan palov tayyorlab Ginnesning rekordlar kitobiga kirishmoqchi
Xabarda ta’kidlanishicha, festivalda dunyodagi eng katta palov tayyorlanadi.

Festival dasturidan amaliy san’at bo‘yicha master-klasslar, darbozlar va xalqona tadbirlar, gastronomik yarmarka, "Tandir-shou", modalar namoyishi o‘tkazilishi hamda o‘zbek estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar uyushtirilishi kutilmoqda.

Shuningdek, "O‘zbegim" brendi mahsulotlari sotiladigan suvenirlar do‘koni ham faoliyat yuritishi qo‘shimcha qilingan.

Turizm qo‘mitasi turistik kompaniyalarga ushbu tadbirni chet ellik mehmonlar uchun yaratilgan dasturga kiritishni tavsiya etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0