Dunyoda

Hindiston sudi hindularga Toj-Mahalda ibodat qilishni taqiqladi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Fotobankka oʻtishToj-Mahal
Toj-Mahal - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq olti nafar advokat sudga murojaat qilib, Toj-Mahal musulmonlar maqbarasi emas, balki Shiva maʼbudiga atalgan hindular butxonasi ekanligini maʼlum qilganlar

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Hukumat arxeologlari koʻrsatmalarini tinglagan Hindiston sudi Toj-Mahal hindular cherkovi emas, balki musulmonlar mavzoleyi degan qarorni eʼlon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti The Guardian nashriga tayangan holda.

Ilgariroq OAVlarda olti nafar advokat sudga ariza bilan murojaat qilib, Toj-Mahal musulmonlar maqbarasi emas, balki Shiva maʼbudiga atalgan hindular butxonasi ekanligini maʼlum qilishgani toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan edi.

Shu paytga qadar faqat musulmonlar ushbu yodgorlik majmuasida ibodat qilib kelganliklari uchun, daʼvo qiluvchilar hindularga ham bu muqaddas qadamjo eshiklarini ochishni soʻrashgan edi.

Oʻshanda hukumat Hindiston arxeologik xizmatiga Agra shahrida joylashgan YUNESKO butunjahon merosiy obidalari roʻyxatiga kiritilgan obʼyekt yuzasidan oʻz fikrlarini bildirish topshirigʻini bergan.

Ammo arxeologlar musulmonlar taraf boʻlib, Toj-Mahal Buyuk Moʻgʻullar imperiyasi podshosi Shoh-Jahon buyrugʻi bilan uning rafiqasi, oʻn toʻrtinchi farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda dunyodan koʻz yumgan Mumtoz-Mahal begim sharafiga qurilganligini taʼkidlashgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala