Siyosat

Oʻzbekiston tarixida ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi - Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta RUzOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident oʻz tabrik nutqida Oʻzbekiston xalqini "Betakror Vatanimiz ravnaqi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik", - deya vatanparvarlikka chorladi

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga samimiy qutlovini yoʻlladi.

V Tashkente otkrыli pamyatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimovning birinchi haykali ochildi
Prezident oʻz nutqi avvalida mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimovni yodga oldi.

"Bundan roppa-rosa yigirma olti yil muqaddam Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdugʻaniyevich Karimov Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi.

Shu kundan eʼtiboran jahon xaritasida yangi mustaqil va suveren davlat — Oʻzbekiston Respublikasi paydo boʻldi.

Jonajon Vatanimizning koʻp ming yillik tarixida yangi davr — erkinlik va ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi.

Biz bugun xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan, istiqlol yillarida bosib oʻtgan ogʻir va mashaqqatli, shu bilan birga, gʻoyat sharafli yoʻlimizni sarhisob qilar ekanmiz, tarixan qisqa bir davrda oʻz taqdirimizni oʻzimiz hal etish, jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallash, milliy davlatchiligimizni, azaliy qadriyat va urf-odatlarimizni, muqaddas dinimizni tiklash, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida ulkan yutuq va marralarni qoʻlga kiritganimizni faxr bilan tilga olamiz.

Albatta, ushbu yutuqlarning qoʻlga kiritilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimovning tarixiy xizmatlari beqiyos boʻlganini bugun barchamiz, butun xalqimiz takroran esga olishimiz tabiiydir.

Bugun azim poytaxtimiz Toshkent shahrida, Oqsaroy qarorgohi oldida Islom Abdugʻaniyevichning haykalini ochdik. 2 sentyabr kuni esa Islom aka tugʻilib voyaga yetgan Samarqand shahrida u kishining haykali ochiladi.

Nasib etsa, 2018 yil 30 yanvarda — u kishi tugʻilgan kunga 80 yil toʻladigan sanada Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimizga haykal oʻrnatish, Samarqand shahrida yodgorlik majmuasi barpo etish ishlarini toʻla yakuniga yetkazib, ularning ham tantanali ochilish marosimlarini oʻtkazamiz.

Bugun barchamiz bir fikrda yakdilmiz: Birinchi Prezidentimizning Vatan va davlat oldidagi buyuk tarixiy xizmatlari, soʻnmas xotirasi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi. <…>

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Bugun el-yurtimiz Mustaqillik bayrami bilan birga muborak Qurbon hayitini ham katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Bu ikki ulugʻ bayramning aynan bir kunga toʻgʻri kelishida ham oʻziga xos chuqur va ramziy maʼno bor.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ijtimoiy fikr: Oʻzbek xalqi Islom Karimov bilan
Mana shu imkoniyatdan foydalanib, siz, azizlarni ana shu qoʻshaloq ayyomlar bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Shu yuksak minbardan turib, barcha yutuqlarimiz, buyuk kelajagimiz ijodkori va bunyodkori boʻlgan mard va olijanob, mehnatkash va tanti xalqimizga taʼzim qilaman.

Bugungi ulugʻ ayyom kunlarida qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni mujassam qilib aytmoqchiman:

Betakror Vatanimiz ravnaqi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik!

Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxtu iqbolini koʻrish nasib etsin!

Oʻzbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!", — deya oʻz tabrigini Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti jumlasi bilan yakunladi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala