Siyosat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi umumiy chegaraning 80 foizi kelishildi

© Sputnik / Yegor YeremoPogranichniki na slujbe
Pogranichniki na slujbe - Sputnik Oʻzbekiston
Tomonlar chegaraning umumiy uzunligini 80 foizini tashkil etuvchi davlat chegarasi toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasini kelishuvdan oʻtkazildi

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaraning umumiy uzunligini 80 foizini tashkil etuvchi ikki tomonlama shartnoma loyihasi kelishuvdan oʻtkazildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

9 iyunya 2017. Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v uzkom sostave. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayev saylovlardan soʻng Qirgʻizistonda beqarorlikdan hadiksirayapti

Xabarda aytilishicha, 2017-yilning 21-31 avgust kunlari avval Bishkek, soʻngra Toshkent shaharlarida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Ushbu muzokaralar Oʻzbekiston Hukumat delegatsiyasi ishchi guruhi va Qirgʻiziston Hukumat delegatsiyasining topografiya va yer tuzish ishchi guruhi oʻrtasida oʻtkazildi.

Shavkat Mirziyoyev i Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga tashrif buyuradi
"Uchrashuvlarda chegaraning umumiy uzunligini 80 foizini tashkil etuvchi Kelishilgan qism boʻyicha Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasi muhokama qilindi va kelishildi hamda davlatlararo hujjatga tegishli ilovalar tayyorlandi" — deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 16 avgustda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov oʻzbek-qirgʻiz davlat chegarasi boʻyicha davlatlararo oraliq shartnomasini tayyorlash masalasida tomonlar sezilarli siljishga erishganini bildirgan edi. 

Shu bilan birga, ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro tovar almashish hajmi keyingi yilda ikki baravarga oshgan va 2017 yil yanvar-may davrida 100,8 mln dollarni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala