Jamiyat

Amerikaliklar Jorj Sorosni terrorchi deb tan olishni soʻrashmoqda

Yetmish mingdan ortiq amerikaliklar Donald Trampga maktub yoʻllab, Jorj Sorosni terrorchi deb tan olishni soʻrashmoqda.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Amerikada 70 mingdan ortiq fuqaro Jorj Sorosni terrorchi deb tan olishni soʻrab Donald Trampga murojaat qildi, Ria Novosti xabariga asosan.

Soʻrovnoma matnida aytilishiga koʻra, Jorj Soros va uning fondlari doimiy ravishda Amerika Qoʻshma shtatlaridagi vaziyatni beqaror qilishga, amerika fuqarolariga qarshi tajovuzkor harakatlar uyushtirishga harakat qilgan.  

"AQSH hukumati va Adliya vazirligi  Jorj Soros va uning barcha tashkilotlarini terrorchilar deb atashi va qonun doirasida ularning mol-mulkini musodara qilish kerak", — deyilgan soʻrovnoma matnida.

Jordj Soros — amerikalik moliyachi va sarmoyador. Uning faoliyatiga dunyoning turli mamlakatlarida turlicha nazar bilan qarashmoqda.  U haqida koʻproq "moliyaviy chayqovchi" maʼnosida gapirilmoqda. Sorosning Quantum xedj-fondi 40 yillik faoliyat davomida 35 milliard dollar mablagʻ ishlab olgan. Koʻp hollarda ushbu mablagʻlar iqtisodda sunʼiy uyushtirilgan krizislar yoki "rangli revolyutsiyalar" natijasida ishlab olingan.

Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Medvedev Ukraina hukumatini “tovlamachilar” deb atadi

Masalan Jorj Soros 1992 yilda "qora chorshanba" tashkil qilishda ishtirok etgan. Oʻshanda bir kunda Angliya funtining Germaniya markasiga nisbatan kursi keskin tushib ketgan va buni oldindan bilgan Soros esa bir kun ichida milliard dollar daromad ishlab olgan.

Soros shu kabi operatsiyalarni bir necha marotaba amalga oshirishda ayblanmoqda. Oxirga marta AQShda yuz bergan ipoteka krizisida ham Soros 1 milliardga yaqin mablagʻ ishlab olgani xabar  qilinmoqda.

Eng achinarlisi, moliyachi foyda koʻrish maqsadida dunyoning bir necha mamlakatlarida "rangli inqilob "lar tashkil qilib, minglab odamlarning umriga zomin boʻlgan va shunday yoʻl bilan oʻz boyliklari oshirishdan ham toymagan.

Xususan, Jorj Sorosning oʻzi ham Ukrainada 2004 yildagi "Oranjevaya revolyutsiya" va 2014 yildagi davlat toʻntarishi uning pullari evaziga amalga oshirilganini rad etmaydi.

Ushbu soʻrovnoma (petitsiya) Oq uy tomonidan rasman koʻrib chiqilishi uchun uni 19 sentyabrga qadar 100 mingdan ortiq kishi imzolashi kerak. Ayni damda uni 70 ming 500 kishi imzolagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala