Jamiyat

Oʻzbekiston mustaqillik bayramini nishonlamoqda: ilk marta Karimovsiz

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mamlakat bayramni ilk bor Islom Karimovsiz nishonlamoqda, lekin respublika u boshlab bergan taraqqiyot yoʻlidan boradi

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Oʻzbekiston 26 yil ichida ilk bor mamlakatning eng ulugʻ bayrami — Mustaqillik kunini uzoq yillar rahbarlik qilgan Islom Karimovsiz nishonlamoqda, deb yozadi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Bir yildan soʻng

Respublikaning birinchi prezidenti vafot etganiga bir yil boʻldi. Shavkat Mirziyoyevning rahbarlik davri natijalarini tahlil qilgan xalqaro ekspertlar negadir oʻtgan davrni Xrushchev zamonidagi "iliqlik davri" deb atashmoqda. Bu qiyoslash esa umuman mos emas, zero Mirziyoyev sobiq sovet rahbaridan farqli ravishda oʻzidan oldingi rahbar faoliyatini qoralagani yoʻq, balki aksincha, uning yoʻlidan borilishini taʼkidlamoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston tarixida ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi - Mirziyoyev

"Oradan yillar, asrlar oʻtadi, muhtaram Birinchi Prezidentimizning nomi va u kishi boshchiligida amalga oshirilgan buyuk ishlar yurtimizning shonli tarixida oʻchmas sahifa boʻlib mangu qoladi", — dedi Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimovga bagʻishlangan haykalning ochilish marosimida.
Va bu barchaga — amaldorlar, gʻarb hamjamiyati va xalqqa qilingan murojaat. Hech qanday qoralashlar boʻlmaydi, mamlakat Islom Karimov belgilab bergan yoʻldan boradi, faqat endilikda uslub va mexanizmlar oʻzgaradi.

Oʻzbekistonliklar uchun bayram oʻzgardimi? Bu savolga ikki xil javob berish mumkin. Bir tarafdan, u har doim yangi davr va mustaqillik ramzi sifatida qabul qilinib kelingan. U maktab va sport toʻgaraklari, raqs va musiqa jamoalarining turli vazirliklar buyrugʻi asosida shahar bogʻlarida, estrada yulduzlari esa katta maydonlarda chiqish qiladigan koʻrgazmali tomosha boʻlib qolgandi. Xalq esa bu bayramga kuzning boshidagi dam olish kunidek qarardi.

Artist va musiqachilarning davlat organlari tomonidan ommaviy tomoshalarga jalb etilishi oʻz mevasini berdi. Yoshlar doimo sevimli xonandalari chiqish qiladigan joylarga borishga intilardi.

Bugun ana shunday yondashuv oʻzgardimi. Afsuski, hozircha yoʻq. Oʻsha-oʻsha toʻgaraklar, xonanda va sozandalarning koʻrgazmali chiqishlari. Goʻyoki barchasi shunchaki xoʻjakoʻrsinga, oʻtdimi-oʻtdi va hamma uy-uyiga tarqalgandek. Har yili oʻsha dastur, oʻshanday yondashuv. Hech qanday yangilik yoʻq.

"Biz har yili Mustaqillik kunida shahardagi birorta boqqa boramiz. Bayram qilish uchun emas, bayram keyingi paytda juda maʼmuriy boʻlib ketdi. Bu biz uchun yana bir dam olish kuni, doʻstlar bilan toʻplanish, dam olish, kafeda oʻtirish mumkin. Bu yil qandaydir oʻzgarishlar boʻldi, lekin biz istaganchalik darajada emas", — deydi Sputnik muxbiriga toshkentlik Madina.

V Moskve proshlo chteniye namaza Iyd Kurban - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskvada Qurbon hayiti namozi ado etildi

Va baribir hukumat tomonidan ushbu bayramga, toʻgʻrirogʻi, bu bayramni nishonlaydigan xalqqa nisbatan munosabatda maʼlum bir oʻzgarishlar sezilmoqda. Masalan, ilgari shahar markazidagi oʻnlab koʻchalar yopilar, bu esa odamlarning noroziligini keltirib chiqarardi. Bugun esa boshqacha, faqatgina yopilishi zarur koʻchalar yopilyapti va bu ham koʻpga emas. Toʻgʻri, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning munosabati hozircha oʻzgarmagan — hamma joyda oʻsha baqiriq: buni suratga olma, u yoqqa borma, koʻzingga qara va shunga oʻxshash gaplar.

Tanganing ikki tomoni

Uzoq vaqtdan buyon ilk marta Mustaqillik bayrami Qurbon hayiti bilan bir kunga toʻgʻri kelib qoldi. Koʻplab xorijlik ekspertlar bundan ham oʻzlariga munozara yasashdi, Oʻzbekiston uchun qaysi biri muhim — davlat bayramimi yoki diniy bayrammi. Ular tushunib boʻlmaydigan allaqanday faktlar asosida Mirziyoyev sovet odami, u davlat bayramiga eʼtibor qaratadi degan fikrga kelishdi. Barcha narsaga prezidentning oʻzi oydinlik kiritdi.

"Bugun el-yurtimiz Mustaqillik bayrami bilan birga muborak Qurbon hayitini ham katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda. Bu ikki ulugʻ bayramning aynan bir kunga toʻgʻri kelishida ham oʻziga xos chuqur va ramziy maʼno bor", — dedi u oʻzining tabrik nutqida.

Aytib oʻtish joizki, oʻzbekistonliklar barcha davlat bayramlarini dam olish kuni, doʻstlar bilan uchrashish, diniy marosimlar oʻtkazish, palov tayyorlash, muhtojlarga ehson qilish sifatida qabul qiladilar. Oʻtgan 26 yil davomida bu yerdagi odamlarda Rossiyadagi singari yuzlarini uch xil rangga boʻyab bayroq koʻtarib yurish odati paydo boʻlgani yoʻq. Oʻzbekistonda hammasi oilaviy, muloyimgina oʻtadi. Hattoki bayram nishonlanayotgan bogʻlarda ham ramzlar faqat sahnada, shaharda esa ustun va transparantlarda boʻladi.

Usmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Usmonxon Alimov musulmonlarni Qurbon hayit bilan tabrikladi

Shuning uchun mamlakatda diniy bayramga ham kuchliroq eʼtibor qaratiladi. Oʻzbekistonda diniy bayram ham oʻzbekona udumlar bilan qorishgan holda oʻtkaziladi.
Toshkentda Qurbon hayitidan bir kun oldin ajoyib holatga guvoh boʻlish mumkin edi — deyarli butun Kichik halqa yoʻli qurbonlikka soʻyish uchun moʻljallangan qoʻylar bilan toʻlib ketgandi. Ularning narxi 1 million soʻmdan boshlanib vazniga qarab oshib borardi. Va mamlakatdagi hamma bu narsani ortiqcha vahima va noroziliklarsiz oddiy qabul qildi.

Aholining mazkur holatga xotirjamlik bilan yondashishi mamlakatda qoʻyni qayerda soʻyish kerakligi borasida hech qachon bahs-munozaralar boʻlmaganini anglatadi. Bu yerda qoʻy soʻyiladigan alohida joy yoʻq, qassoblar jonivorni uy egasining shunday yonginasida soʻyishadi. Bugun butun mamlakatdagi minglab mahallalarda qurbonlik uchun soʻyilgan qoʻylarning goʻshtlari muhtojlarga tarqatildi.

Umuman olganda, Oʻzbekistonda rasmiy va diniy bayram birdek mavjud. Chunki odamlar bir narsani — mamlakatdagi tinchlik va xotirjamlikni bayram qilishadi. Ular Yaratganga shukr qilishadi va hukumatdan minnatdor boʻlgan holda muhtojlardan yordamlarini ayashmaydi.

Yangiliklar lentasi
0