Jamiyat

Mendkovich: Oʻzbekiston xorijlik hamkorlar uchun ochilmoqda

© SputnikNikita Mendkovich - politolog
Nikita Mendkovich - politolog - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mamlakatda iqtisodiyot va valyuta siyosati bilan bogʻliq salmoqli oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda, deb hisoblaydi ekspert Nikita Mendkovich

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Oʻzbekiston xorijiy hamkorlar bilan ishlash uchun tobora ochiqlashib bormoqda va bu Gʻarbning ijobiy bahosiga sazovor boʻlmoqda, shu bilan birga hukumat mamlakatning Yevrosiyo bilan integratsiyalashuvi masalasini ham muhokama qilmoqda, deb hisoblaydi Yevrosiyo tahliliy klubi rahbari, xalqaro ishlar boʻyicha Rossiya kengashi eksperti Nikita Mendkovich.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston tarixida ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi - Mirziyoyev

Oʻtgan yilning dekabrida prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongan Mirziyoyev darhol mamlakatda keng miqyosdagi islohotlarni boshlab yubordi.

"Shubhasiz, mamlakatda oʻzgarishlar yuz bermoqda, birinchi navbatda, aytish kerakki, aholining kamsonli qismini oʻylantiradigan siyosat emas, balki iqtisodiyot sohasida oʻzgarishlar boʻlmoqda. Valyuta siyosati liberallashmoqda, valyuta konvertatsiyasi, valyuta daromadlari borasidagi qoidalar oʻzgarmoqda", — dedi Mendkovich RIA Novostiga.

Bundan tashqari, uning aytishicha, davlat institutlari, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati shaffoflashmoqda.

"IIV boʻlinmalarining omma oldida hisobot berish qoidasi joriy etildi, prezidentning tanqidiy chiqishlari orqali OAV davlat institutlarini tanqid qilishiga yoʻl ochildi", — deb qoʻshib qoʻydi u.

Ekspertning taʼkidlashicha, oʻtgan bir yil davomida Oʻzbekiston xorijlik — yevrosiyolik va gʻarblik hamkorlar bilan ishlash uchun yanada ochildi. Uning soʻzlariga koʻra, bularning bari "Gʻarbdagi koʻplab tashkilotlarning anchagina salmoqli ijobiy fikrlariga sabab boʻldi".

Jamiyat
Oʻzbekiston mustaqillik bayramini nishonlamoqda: ilk marta Karimovsiz

"Janob Mirziyoyev gʻarblik hamkorlar bilan munosabatlarni faollashtirish bilan birga Yevrosiyo yoʻnalishidagi integratsiyalashuv muhokamasiga ham qaytdi", — dedi agentlik suhbatdoshi.

"Hozirda ehtimol mamlakatning KXSHTga qayta kirishi boʻyicha savol kun tartibiga qoʻyilishi va Yevrosiyo ittifoqi bilan hamkorlikning yangicha shakllari ishlab chiqilishi mumkin", — deb qayd etdi Mendkovich.

Ekspert shu bilan birga boshlangan islohotlar toʻxtab qolishi mumkinligi alomatlarini koʻrmayotganligini bildirdi.

"Islohotlar ijobiy samara bermoqda, ular tizimning barqarorligiga putur yetkazmayapti, prezident tomonidan bu yoʻnalish toʻxtatilishi mumkinligi borasida hech qanday belgi yoʻq. shunday ekan, mamlakat zamonaviy sharoitlarga moslashgan holda taraqqiyot yoʻlida davom etadi", — deb xulosa qildi u.

Yangiliklar lentasi
0