Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik, takroriy ekinga dalalarni tayyorlash, viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilinmoqda

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi "Taraqqiyot manzarasi" fermer xo‘jaligi dala shiyponida viloyat mutasaddilari, fermerlar bilan uchrashmoqda. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, uchrashuvda paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik, takroriy ekinga dalalarni tayyorlash, viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Bugun Mirziyoyev shuningdek, Samarqand shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali ochilish marosimida ishtirok etgandi.

Yangiliklar lentasi
0