Sportchilarga ichki ishlar tizimiga ishga kirishda imtiyoz berildi

© SputnikUzbekskie militsioneri radom s pamatnikom Islamu Karimovu
Uzbekskie militsioneri radom s pamatnikom Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odatda, ichki ishlarga ishga kiruvchi nomzodlar dastlab yakka tartibda suhbat, diktant, psixologik test, jismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirib, maxsus, harbiy tibbiy tekshiruvlardan hamda ish o‘rganish amaliyotini o‘tishi va yakuniy test sinovlarini topshirishi kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Toshkent shahar IIBi bo‘yi 170sm dan yuqori bo‘lgan,  sport ustasi unvoniga ega bo‘lgan nomzodlarni ishga taklif qilmoqda. IIB bunday nomzodlarni dastlabki imtihonsiz faqat ruhiy test va suhbat natijasida ishga qabul qilishni va’da bermoqda, IIBB matbuot xizmati xabariga asosan.

“Ichki ishlar organlarining saf va maxsus bo‘linmalarining safdorlik lavozimlariga Xalqaro va Respublika miqyosidagi musobaqalar g‘olib va sovrindorlarini, sport ustasi unvoniga ega bo‘lgan nomzodlarni dastlabki tanlovlarsiz, faqat psixologik test sinovlari, maxsus va tibbiy tekshiruv hamda yakuniy suhbat natijalari asosida qabul qilinadi”, — deyilgan IIBB xabarida.

Xabar aytilishiga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB idora va tizimlarida xizmat qilish istagida bo‘lgan, bo‘yi 170sm dan kam bo‘lmagan, harbiy xizmatni o‘tagan va Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turuvchi sportchilar joriy yilning 15-sentabr kuniga qadar Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasiga bo‘ysunuvchi Kasbiy tayyorgarlik markaziga kelib murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, odatda ichki ishlar organlariga qabul qilish shartlari oson emas. Nomzodlar — dastlab yakka tartibda suhbat, diktant, psixologik test, jismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirib, maxsus, harbiy tibbiy tekshiruvlardan hamda ish o‘rganish amaliyotini o‘tishi va yakuniy test sinovlarini topshirishi kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0