Jamiyat

Moskvada yuzlab musulmonlar norozilik namoyishiga chiqdi

© znakMiting u posolstva Myanmы v podderjku musulman
Miting u posolstva Myanmы v podderjku musulman - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bugun Moskvadagi Myanma elchixonasi oldiga yuzlab musulmonlar namoyishga chiqdi.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Bugun yuzlab musulmonlar Moskva markazida joylashgan Myanma elchixonasi oldiga norozilik namoyishiga chiqishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Namoyishning maqsadi — Myanma hukumati rohinya musulmonlariga qarshi olib borgan qonli siyosatiga qarshilik qilish va qurbon boʻlgan musulmonlarning xotirasini yodga olish edi.

Dunyo axborot agentliklari xabariga koʻra, oʻtgan juma kuni kuni Myanmada hukumat qoʻshnlari va rohinya musulmonlari orasida boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarda 370 kishi qurbon boʻlgan. Hukumat qoʻshlari orasida esa 15 kishi qurbon boʻlgan.

Elchixona binosi joylashgan Nikitskaya koʻchasi Rosgvardiya xodimlari tomonidan nazorat qilib turildi. Namoyishda qoidabuzarliklar yuz bermadi.

Roxinya musulmonlari — 19 asrning oxirida Britaniya kolonistlari tomonidan Bangladeshdan Myanmaga koʻchirib oʻtkazilgan. Oradan shuncha vaqt oʻtishi va rohinyalarning soni 1,5 million kishiga yetgan boʻlishiga qaramasdan mahalliy butparast aholi ularni noqonuniy migrantlar deb hisoblaydi.  Rohinyalarning aksariyatida Myanma fuqaroligi ham yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0