Oʻzbekiston IIV vaziri oʻzgardi: Abdusalom Azizov oʻrnini sobiq prokuror egalladi

© Press-klubAbdusalom Azizov – Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri
Abdusalom Azizov – Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov oʻrniga sobiq prokuror rahbar etib tayinlandi

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Abdusalom Azizov – Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi.

Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri etib Poʻlat Razzakovich Bobojonov tayinlandi, deb xabar qilindi Oʻzbekiston prezidenti rasmiy saytida.

Kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri oʻzgardi
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi PF-5183-son farmoniga muvofiq Poʻlat Razzaqovich Bobojonov Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi", — deyiladi xabarda.

Mahalliy OAVlarda berilayotgan maʼlumotlarga koʻra, Poʻlat Bobojonov 1961 yilda tavallud topgan, 2012 yildan buyon Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan, 2011 yilgacha maʼlum muddat hokim oʻrinbosari vazifasini bajargan. Bunga qadar esa Buxoro viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

2006-2011 yillarda Jizzax viloyati prokurori vazifasini bajargan.

2005-2006 yillarda Bosh prokuratura qoshidagi moliyaviy va valyutaga oid jinoyatlar Departamentida rahbarlik qilgan. 2000-2005 yillarda — Oʻzbekiston Bosh prokurori oʻrinbosari vazifasida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala