O‘zbekistonda "chiroyli" avtoraqamlarni sotish bo‘yicha onlayn-auksionlar ochildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishVidacha novix nomernix znakov
Vidacha novix nomernix znakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtoraqamlarning savdolarga qo‘yilishi O‘zbekiston IIV YHXBB bo‘linmalarining ma’sul xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalarida sotish bo‘yicha yangi savdo platformasini ishga tushirdi. Bu haqda O‘zRTXB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, avtoraqamlarni sotish bo‘yicha elektron auksion savdolar ayni paytda Internet tarmog‘ida test rejimida ishga tushirilgan birjaning avtoraqam.uzex.uz yangi vebsaytida amalga oshiriladi.

Vidacha gosudarstvennix nomernix znakov s kodom 82 v Simferopole - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobillar uchun chiroyli raqamlar rasman sotuvga chiqishi mumkin

Elektron savdolarning yangi mexanizmi birjaning boshqa savdo platformalari kabi ochiq-oydinlik, oshkoralik, raqobat va barcha savdo ishtirokchilari uchun teng sharoit yaratish tamoyillariga asoslangan.

Avtoraqamlarning savdolarga qo‘yilishi O‘zbekiston IIV YHXBB bo‘linmalarining ma’sul xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ularni birjaning axborot tizimida ishlash bo‘yicha malakali o‘qitish maqsadida O‘zRTXB xodimlari tomonidan Toshkent shahri va respublika hududlariga qisqa muddatli sayyor o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi yaqin kunlarda O‘zbekiston Moliya vazirligi va Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi bilan birgalikda mazkur masala yuzasidan matbuot anjumanini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0