Siyosat

Mirziyoyev Qirgʻiziston siyosiy partiyalari rahbarlari bilan uchrashdi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta KRPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻizistonda oktyabrda prezident saylovi boʻlib oʻtishini hisobga olganda, ushbu uchrashuv oʻta muhim ahamiyatga ega.

TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifining ikkinchi kunida Qirgʻiziston Parlamentida boʻlib, u yerda barcha siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi, K-news xabariga asosan.  

Parlamenti spikeri Chichinbay Tursunbekov Mirziyoyevga har bir partiya rahbarini tanishtirib chiqdi. Mirziyoyev har bir partiya rahbari bilan salomlashib, oʻzaro iliq soʻzlar bilan almashishdi.

“Respublika” fraktsiyasi rahbari Omurbek Babanovga Mirziyoyev “Juda xursandman, siz haqingizda koʻp eshitganman” dedi.

Shuni aytish kerak-ki, Qirgʻizistonda parlament haqiqiy siyosiy kuchga ega boshqaruv organidir. Barcha muhim masalalar muhokamasi, barcha muhim qarorlar, amaldagi hukumat va muxolifat partiyalar “toʻqnashuv”lari aynan ana shu yerda boʻlib oʻtadi. Mirziyoyev uchrashgan partiya rahbarlarining aksariyati prezidentlikka nomzodlardir.

Ushbu yilning oktyabr oyida Qirgʻizistonda yangi prezident saylanadi. Almazbek Atambayev mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq isteʼfoga chiqadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala