Jamiyat

Oʻzbekistonda deyarli 10 ming dollargacha pulni pasportsiz almashtirish mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAQSH dollari
AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Ayirboshlash shoxobchalarida jismoniy shaxslardan sotish olishda pasport talab qilinuvchi miqdor besh barobarga oshirildi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda pul ayirboshlash shoxobchalarida jismoniy shaxslardan pasport talab qilmasdan naqd puldagi xorijiy valyutani sotib olish hajmi oshirildi. Bu haqda qator banklardan "Gazeta.uz"ga maʼlum qilindi.

Seshanba kuni ayirboshlash shoxobchalarida yangicha tartibda xorijiy valyutani sotish olishda pasport talab qilinuvchi meʼyor eng kam oylik ish haqining 100 barobari (deyarli 15 mln soʻm yoki davlat kursi 8000:1 boʻyicha 1873 AQSH dollari) miqdorida belgilangan boʻlsa, chorshanba kuni bu miqdor besh baravarga oshdi — deyarli 75 mln soʻm yoki 9360 dollar (EKOIHning 500 barobarigacha).

Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Banklarda dollar almashtirgan fuqarolarga 50 mingtalik pullar berildi

FATF (noqonuniy pullarni "yuvish"ga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiqish guruhi) tavsiyasiga binoan banklar jumladan naqd puldagi chakana operatsiyalar miqdori 15 ming dollardan oshgan taqdirda mijozlarni tekshirish uchun choralarni amalga oshirishi lozim. Oʻzbekistonda endilikda ushbu chegara 9000 dollardan ziyodroqni tashkil etadi.

Jismoniy shaxslarga hozircha konversion kartalar orqali xorijiy valyutani sotishdagi chegara esa bir chorak uchun 5000 dollar etib belgilangan (avvalgi chegara 2000 dollar edi).

2 sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev "Valyuta siyosatini erkinlashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonni imzoladi. Ushbu farmon bilan jismoniy va yuridik shaxslarga xorijiy valyutalarni sotish va ulardan sotib olishdagi uzoq yillik cheklovlar bekor qilindi. Valyuta kursini belgilashda bozor mexanizmlaridan foydalanilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala