Jamiyat

Oltita vazirlik va davlat idoralari rahbarlari Buxoroda sayyor qabul oʻtkazadi

Viloyatga Oʻzbekiston bosh prokurori, Oliy sud raisi, ichki ishlar vaziri, adliya vaziri, bojxona va soliq qoʻmitalari raislari tashrif buyurishadi

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. 7-8 sentyabr kunlari oltita vazirlik va davlat idoralari rahbarlari Buxoro viloyati shahar va tumanlarida aholi bilan sayyor qabullar oʻtkazadi. Bu haqda livebukhara.uz sayti xabar bermoqda. Ular fuqarolar bilan shaxsan uchrashib murojaatlarni koʻrib chiqishadi va ularning hal qilinishiga yordam berishadi.

Xabarda aytilishicha, viloyatga Oʻzbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov, adliya vaziri Ruslanbek Davletov, bojxona qoʻmitasi raisi Muidjon Tohiriy, soliq qoʻmitasi raisi Botirjon Parpiyevlar tashrif buyurishadi.

Na ulitsax Samarkanda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand viloyatidagi sayyor qabullarda koʻplab murojaatlar hal etildi

Sayyor qabullarda buxoroliklar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin. Sayyor qabullar ertalab 9dan kech soat 9gacha oʻtkaziladi.

Xususan, bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev 7 sentyabr kuni Vobkent tumanidagi "Porloq Kelajak" lagerida Buxoro, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon, Gʻijduvon tumanlari aholisi bilan uchrashadi. 8 sentyabrda Buxoro davlat universitetida Buxoro, Kogon shaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor, Qorakoʻl tumanlari aholisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov 7 sentyabrda Vobkent maishiy xizmat kollejida Buxoro, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon, Gʻijduvon tumanlari aholisini qabul qiladi. 8 sentyabr kuni K.Komilov Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filialida Buxoro, Kogon shaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor, Qorakoʻl tumanlari aholisi bilan uchrashadi.

Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov 7 sentyabr kuni Vobkent iqtisodiyot kollejida Buxoro, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon, Gʻijduvon tumanlarida yashovchi fuqarolarni qabul qiladi. 8 sentyabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Buxoro, Kogon shaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor va Qorakoʻl tumanlari aholisi ichki ishlar vaziriga murojaat qilishi mumkin.

7 sentyabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov gʻijduvon agrosanoat kollejida soat 9dan 14gacha Shofirkon, Vobkent va Gʻijduvon tumanlari aholisi bilan uchrashadi. Shu kuni soat 16dan 21ga qadar Buxoro tumanidagi sanoat kasb-hunar kollejida Buxoro shahri, Buxoro, Romitan va Peshku tumanlari aholisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tadqiqot: 84 foizdan ortiq oʻzbekistonliklar Xalq qabulxonalarini maʼqullaydi

Davletov 8 sentyabr kuni kunning birinchi yarmida Kogon shahridagi 2-bolalar musiqa va sanʼat maktabida Kogon va Qorovulbozor aholisi bilan, soat 16dan 21gacha esa Qorakoʻl tumanidagi 5-maktabda Qorakoʻl, Olot va Jondor tumani fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Bojxona qoʻmitasi raisi Muidjon Toxiriy 7 sentyabr kuni 9dan 15ga qadar Buxoro neft-gaz kollejida Buxoro, Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon, Romitan va Qorovulbozor tumanlari aholisi bilan uchrashadi. Shu kuni 17dan 21gacha esa Gʻijduvon tumanidagi 10-bolalar musiqa va sanʼat maktabida Shofirkon, Vobkent, Peshku va Gʻijduvon tumani aholisini qabul qiladi. 8 sentyabr kuni bojxona qoʻmitasi raisi Olot tumanidagi 15-bolalar musiqa va sanʼat maktabida Olot, Qorakoʻl va Jondor tumanlari fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi Botirjon Parpiyev 7 sentyabr kuni Qorakoʻl tumanidagi 5-maktabda 9dan 15gacha Qorakoʻl, Olot va Jondor tumanlarida yashovchi fuqarolarni qabul qiladi. soat 17dan 21ga qadar Parpiyev Buxoro davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi. 8 sentyabr kuni soliq qoʻmitasi raisi Vobkent iqtisodiyot kollejida 9dan 15gacha Vobkent, Shofirkon va Gʻijduvon tumanlari aholisi bilan, soat 17dan 21gacha Buxoro tumanidagi 16-maktabda Buxoro, Romitan va Peshku tumanlarida yashovchi aholi bilan uchrashadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala