Yil boshidan buyon davlat budjeti daromadlari deyarli 18%ga o‘sdi

Obuna bo‘lish
Mahalliy budjetlarning daromadlar qismi prognozga nisbatan 103,1 foiz, xarajatlar qismi esa rejadagiga nisbatan 99,5 foiz ijro etildi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. 2017-yil birinchi yarim yilligida davlat budjeti daromadlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,6 foizga o‘sdi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Soliq, hisob - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qiluvchi inspeksiya tashkil etiladi

Xabarda aytilishicha, inflyatsiya darajasi belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmagan.

Mahalliy budjetlarning daromadlar qismi prognozga nisbatan 103,1 foiz, xarajatlar qismi esa rejadagiga nisbatan 99,5 foiz ijro etildi.

"Milliy tiklanish" partiyasi fraksiya a’zolari mamlakatda barqaror va zamonaviy ishlab chiqarish va milliy mahsulotlar eksport ko‘lami ortib borayotgani, aholi xarid qobiliyatining tobora faollashayotgani yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sishiga xizmat qilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

Yangiliklar lentasi
0