Jamiyat

Oʻzbekiston korxonasi xalqaro "Halol" sertifikatini oldi

Kolbasa Rozmetov
Kolbasa Rozmetov - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro standartlash va sertifikatlash markazi komissiyasi oʻzbekistonlik kompaniya mahsulotini "Halol" standartiga loyiq deb topdi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Oʻzbekistonlik kolbasa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona xalqaro "Halol sertifikati oldi, deb xabar qilmoqda Kommersant nashri.

Rossiyada ishlab chiqarilgan halol mahsulot - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda "Halol" mahsuloti davlatlararo standart loyihasi muhokamaga qoʻyildi

Ushbu sertifikat "Halol" — xalqaro standartlash va sertifikatsiyalash markazi tomonidan jiddiy tekshiruvdan keyin beriladi.

"Halol" sertifikati — bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanilgan xom-ashyo va ziravorlar, ishlab chiqarish tsex binolari, asbob-uskunalari, kompaniya biznes uslubi va tayyor mahsulot "Halol" standarti talablariga javob berishini bildiradi.

"Mustaqil komissiya kompaniya ishlab chiqarish jarayonini 2 haftadan ortiq oʻrgandi. Ular ferma, kushxona, ishlab chiqarish tsexlarida boʻlishdi. Tekshirish tugaganidan keyin tayyor mahsulot namunalari DNK testi uchun laboratoriyaga yuborildi", — deydi kompaniya asoschisi Ziyovuddin Roʻzmetov.

"Aslida biz kompaniyaga asos solingan 1989 yildan beri halol mahsulot ishlab chiqarganmiz. Bizning oila urf-odatlarni hurmat qiladi va mahsulot tozaligini kafolatlaydi. "Halol" sertifikati bizga mahsulotni qilish imkonini beradi", — deb soʻzini davom ettirdi Roʻzmetov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala