Madaniyat

Sakkiz tonnali rekord-oshi qanday pishiriladi

© Foto : Organizatorы aktsiiV Uzbekistane prigotovyat samыy bolshoy plov v mire
V Uzbekistane prigotovyat samыy bolshoy plov v mire - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda 8 sentyabr kuni pishiriladigan rekord-oshiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkentda 8 sentyabr kuni Oʻzbegim” festivali doirasida Ginnesning rekordlar kitobigi kiritiladigan, dunyodagi eng katta osh pishirishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Milliy telekanali tomonidan tashkil qilingan “Oʻzbegim” festivalida oʻzbek xalqining xilma-xil milliy urf-odatlari, milliy sanʼat asarlari namunalari, milliy taomlari  taqdim etiladi.

“Festivalda takrorlanmas xalq sayllari muhiti yaratiladi. U yerda amaliy sanʼat asarlari namunalari, milliy oʻyinlar, urf-odatlar, folklor tomoshalar va oʻzbek xalqining boy madaniy meʼrosi namoyish qilinadi”, — deyilgan tashkilotchilar xabarida.

Tadbir davomida butun Oʻzbekistondan kelgan 50 nafar oshpaz, 8 tonna osh pishirib, barchani mehmon qilishadi. Rekord-oshi pishirish  va tarqatish jarayonida umumiy hisobda 200 nafar turli mutaxassislar ishtirok etadi.

V Uzbekistane prigotovyat samыy bolshoy plov v mire - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda ulkan palov tayyorlab Ginnesning rekordlar kitobiga kirishmoqchi

Mega-osh  pishrish uchun quyidagi miqdorda massaliq ishlatiladi:  mol goʻshti – 1500 kg, qoʻy goʻshti – 400 kg, dumba – 220 kg, guruch – 1900 kg, sabzi – 2700 kg, piyoz – 220, kg, oʻsimlik moyi – 440 litr, tuz – 57 kg, noʻxat  - 100 kg, mayiz —  190 kg izyuma, zira – 5 kg, qora murch —2 kg, kurkuma – 1 kg, suv – 350 litr.

Besh kilo zirani tasavvur qilayapsizmi???

Tashkilotchilar pishirilgan oshni qariyalar uylari va kam taʼminlangan oilalarga tarqatishni rejalashtirishgan.

Eslatib oʻtamiz, avgust oyida Olmaliq shahrida eng katta oshni pishirish repetitsiyasi boʻlib oʻtgandi.  Unda vazni 6 tonna boʻlgan osh pishirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala