Atambayev Mirziyoyevni qanday kuzatib qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Davlat tashrifi doirasida prezidentlar tor va keng shaklda muzokaralar o‘tkazdilar, keng miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar, ikki tomonlama hamkorlikning barcha qirralari va kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev s suprugoy v aeroportu Manas - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston rahbariga turmush o‘rtog‘i Ziroatxon Hoshimova, Qirg‘iziston prezidentiga esa turmush o‘rtog‘i Raisa Atambayeva hamrohlik qildi.
Almazbek Atambayev "Manas" xalqaro aeroportida hamkasbi Shavkat Mirziyoyevni kuzatib qo‘ydi. Kuzatish marosimida har ikki davlat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ishtirok etishdi.

Davlat tashrifi doirasida prezidentlar tor va keng shaklda muzokaralar o‘tkazdilar, keng miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar, ikki tomonlama hamkorlikning barcha qirralari va kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif davomida qator hujjatlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0