Sport

Shahram Gʻiyosov jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi

© uzbekistan24Shaxram Giyasov, zolotaya medal
Shaxram Giyasov, zolotaya medal - Sputnik Oʻzbekiston
Ovoz berishda qatnashganlarning 56%i oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosovni chempionatning eng yaxshi bokschisi deb eʼtirof etishgan

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Xalqaro havaskorlik boks assotsiatsiyasining Twitter akkauntida Gamburgda nihoyasiga yetgan boks boʻyicha jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi nomini aniqlash boʻyicha soʻrov oʻtkazildi.

Ovoz berishda qatnashganlarning 56%i oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosovni chempionatning eng yaxshi bokschisi deb eʼtirof etishgan.

​Shahramdan tashqari, kubalik Xulio Sezar La Kruz, ukrainalik Aleksandr Xijnyak va frantsiyalik Sofian Umialar nomzodi ham koʻrsatilgandi. Xijnyak 17%, Kruz 15 va Umia 12% ovoz toʻplashdi.

Ularning barchasi Gamburg shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oʻz vaznlarida chempion boʻlishgandi. Shahram Gʻiyosov 69 kg vaznda oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatida 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida Kubadan soʻng ikkinchi oʻrinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala