Hodisalar

"Irma" dovuli rossiyalik milliarder Abramovichning uy joyiga xavf solmoqda

© Lionel CHAMOISEAU / AFPUragan Irma nadvigayetsya na plyaj na ostrove Sen-Marten v Karibskom more. 5 sentyabrya 2017
Uragan Irma nadvigayetsya na plyaj na ostrove Sen-Marten v Karibskom more. 5 sentyabrya 2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yil 30 avgust kuni Atlantika okeani sharqiy qismida "Irma" dovuli shakllandi. Uning tezligi 295 km/sni tashkil qiladi

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. "Irma" dovuli Karib dengizi orollarida milliarder Roman Abramovich va Richard Brenson uy joylariga xavf solmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan.

Volonterы pomogayut pri evakuatsii jiteley iz zonы navodneniya v Texase - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQShda "Xarvi" toʻfoni 30 kishining hayotiga zomin boʻldi

Britaniyalik biznesmen va Virgin Group asoschisi Richard Brenson soʻzlariga koʻra, tabiiy ofat yaqinlashiga qaramasdan Neker shaxsiy orolini tark etmoqchi emas.

"Biz haqiqatan mustahkam dovullarga chidamli uy-joyni barpo etdik. Lekin beshinchi darajali dovulga hech nima bardosh bera olmaydi. <…> Men jamoamiz bilan Neker orolida boʻlaman. 30 yil davomida uchta dovul boʻlib oʻtgan paytda shu yerda boʻlganman", — deb taʼkidladi Brenson.

"Chelsi" futbol jamoasi egasi Roman Abramovich ushbu holatga izoh bermadi. Daily Mail maʼlumotlariga koʻra, dovul yoʻlidagi Sen-Bartelem orolida rossiyalik biznesmenning 50 mln dollarlik villasi bor.

"Irma" dovuli 30 avgust kuni Atlantika okeani sharqiy qismida shakllandi. Uning tezligi 295 km/sni tashkil qiladi. "Irma" dovuli soʻnggi 12 yil ichidagi eng yirik tropik dovul sifatida eʼtirof etilmoqda. "Irma" Livard va Bagam orollariga, Kuba, Dominikan Resublikasi, Gaiti, Puerto-Riko va Florida shtati aholisiga xavf tugʻdirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala