Turizm

"Milliy tiklanish" deputatlari turizmni rivojlantirish masalalari bilan shugʻullanishadi

© uzbektourism.uzMemorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey "Milliy tiklanish"
Memorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey Milliy tiklanish - Sputnik Oʻzbekiston
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi deputatlar bilan hamkorlikda turizm xizmati sifatini nazorat qilish ishlari bilan shugʻullanadi

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida partiya va qoʻmita oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar qildi qoʻmita matbuot xizmati. 

Deputatlar turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament va deputatlik nazoratini amalga oshiradilar.

© uzbektourism.uzMemorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey "Milliy tiklanish"
Memorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey Milliy tiklanish - Sputnik Oʻzbekiston
Memorandum o sotrudnichestve mejdu Goskomturizmom i Demokraticheskoy partiyey "Milliy tiklanish"

Bundan tashqari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va deputatlar birgalikda vokzal va aeroportlarda sayyohlik xizmatlar sifatini nazorat qiladilar.

Eslatib oʻtamiz,2017 yil olti oyi davomida Oʻzbekistonga 1 million 125 ming nafar turist kelgan. Bu oʻtgan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 18 foizga koʻpdir. Rossiyadan Oʻzbekistonga yoʻl olgan sayyohlar soni 23 foizga oʻsib, 59 ming sayyohni tashkil qilgan edi. Turistik xizmatlar eksporti 694 million dollarni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala