Siyosat

OAV: Shveytsariya Yanukovichning 500 kg oltiniga qattiq qiziqib qoldi

© Sputnik / Andrey Mosiyenko / Fotobankka oʻtishUkrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich - Sputnik Oʻzbekiston
Shveytsariya "Yanukovichning oltinlari" kelib chiqishi tarixini oʻrganishni talab qilmoqda, deb xabar qilmoqda jahon ommaviy axborot vositalari. Gap 500 kilogramm oltin haqida bormoqda

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Agar Kiyev sobiq prezident Viktor Yanukovichning yaqinlariga tegishli oltinlarning kelib chiqishi noqonuniyligini dalillay olsa, Shveytsariya hibsga olingan xazinani Ukrainaga qaytaradi, deyiladi Shveytsariya tashqi ishlar federal departamenti xabarida.

Ukrainaning sobiq prezidenti V. Yanukovich - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Viktor Yanukovich ajrashdi - OAV
Sal oldin Ukraina Bosh prokurori oʻrinbosari Yevgeniy Yenin Insider internet-nashriga bergan intervyusida Yanukovichning yaqinlariga qarashli 500 kg oltin Yevropa Ittifoqida hibsga olindi, deb taʼkidlagan.

Ukraina Bosh prokurori Yuriy Lutsenko esa oltinlar Shveytsariyada hibsga olingani va ayni vaqtda huquq himoyachilari boyliklar Ukraina byudjetiga qaytarilishi uchun bor choralarni koʻrishayotganini maʼlum qilgan.

Ukraina hukumatining muzlatilgan aktivlari ularning kelib chiqishi noqonuniyligi sud tomonidan belgilansagina qaytarilishi mumkin.

Hozircha Ukraina sud organlari tomonidan bu aktivlarni konfiskatsiya qilish borasida sud hukmi taqdim etilmagan.

Ukrainada yuz bergan 2014 yil fevral oyidagi davlat toʻntarishidan soʻng yangi hukumat Yanukovich va boshqa koʻplab sobiq amaldorlarni javobgarlikka tortishga urinmoqda. Ukrainaning sobiq rahbarlariga nisbatan ochilgan koʻplab jinoiy ishlar oʻrganilmoqda: davlat mablagʻlarini oʻmarish, moliyaviy maxinatsiyalar, yerlarni bosib olish va xizmat vazifasini suʼiisteʼmol qilish shular jumlasidan.

Mamlakatning aksariyat sobiq rahbarlari siyosiy taʼqib xavfi tufayli chet elga ketishga majbur boʻlganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala