Oʻzbekistonda 7 sentyabrdan ob-havo salqinlashadi

© RIA Novosti . Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishJara
Jara - Sputnik Oʻzbekiston
7-sentyabrdan Oʻzbekistondan issiq havo harorati chekina boshlaydi

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Ertaga, 7 sentyabrdan Oʻzbekistonda havo harorati moʻʼtadillashadi. Respublikaga Ural hududlaridan salqin havo kirib keladi, deb xabar bermoqda Respublika Gidrometeorologiya markaziga tayangan holda "Darakchi" nashri.

Xabarga koʻra, 7 sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18, kunduzi 30-32 daraja issiq boʻladi.

Zasuxa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
BMT Markaziy Osiyoda qurgʻoqchilikni oldini olish boʻyicha hisobot tayyorladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 19-24 daraja issiq boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala