Dunyoda

Putin: Rossiya KXDRning yadroviy maqomini tan olmaydi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Korei Mun Chje In
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Korei Mun Chje In - Sputnik Oʻzbekiston
Gʻarbiy iqtisodiy forum doirasida oʻtkazilgan uchrashuvda Vladimir Putin KXDR masalasi boʻyicha hissiyotlarga berilmaslikka va KXDRni burchakka taqamaslikka chaqirdi

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Vladimir Putin Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In bilan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Severnыe koreytsы nablyudayut za novostnыm soobщeniyem, pokazыvayuщim zapusk raketы sredney dalnosti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston KXDRning navbatdagi yadroviy sinovlarini qoraladi

Uchrashuv chogʻida Vladimir Putin hissiyotlarga berilmaslikka va KXDRni burchakka taqamaslikka chaqirdi.

"His-tuygʻularga berilmaslik kerak va Shimoliy Koreyani burchakka taqash kerak emas. Bugun hamma vazminlikni namoyish qilib, keskinlikni oshirishga olib keluvchi qadamlardan oʻzini tiyishi kerak", — deb taʼkidladi Vladimir Putin.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning aniq takliflari Xitoy bilan hamkorligidagi "yoʻl xaritasi"da qayd etilgan. Prezident ushbu keskin vaziyatni yumshatish va bosqichma-bosqich tartibga solishga qaratilgan tashabbuslarni diqqat bilan koʻrib chiqishga barcha tomonlarni chorladi.

"Rossiya KXDRning yadroviy maqomini tan olmaydi. Chunki Pxenyanning raketa dasturi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini qoʻpol ravishda buzib kelmoqda. Shuningdek, yadroviy qurol tarqalmasligi rejimini buzmoqda va Shimoliy-Gʻarbiy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga rahna solmoqda.

Prezident SSHA Donald Tramp podpisыvayet rasporyajeniye, otmenyayuщeye Trans-Tixookeanskoye partnerstvo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga AQShdan yanada koʻproq qurol sotib olishga ruxsat berdi
Shu bilan birga, Putin Rossiya Janubiy Koreya va KXDR bilan uch tomonlama loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Rossiya prezidenti soʻzlariga koʻra, Koreyaga Rossiyaning tabiiy gazini yetkazib berish va elektr tarmoqlarini birlashtirish loyihalari haqida gap ketmoqda.

Mun Chje In oʻz navbatida, KXDR bilan muammolarni hal qilish zarurligi boʻyicha Putin bilan bir toʻxtamga kelganligini aytdi.

"Biz janob prezident bilan yadroviy va raketa sinovlari notoʻgʻri yoʻl ekanligi va Koreya yarim orolida keskinlikni kamaytirish dolzarb vazifasi yuzasidan yagona fikrga keldik", — deb taʼkidladi Janubiy Koreya yetakchisi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala