Dunyoda

Saudiya Arabistonida haj vaqtida shilqimlik qilgan 17 kishi qoʻlga olindi

© AP Photo / Khalid MohammedHaj ziyoratini amalga oshirayotgan fuqarolar
Haj ziyoratini amalga oshirayotgan fuqarolar - Sputnik Oʻzbekiston
Saudiya politsiyasi shuningdek, haj vaqtida fol ochish, soʻz bilan haqoratlash, oʻz-oʻziga tan jarohati yetkazish, noqonuniy suv savdosi bilan bogʻliq jinoiy ishlarni ham koʻrib chiqqan

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Haj ziyorati vaqtida shilqimlik qilgan 17 nafar shaxs qoʻlga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti xalqaro axborot agentligi.

Saudiya Arabistoni politsiyasi tomonidan haj vaqtida sodir etilgan turli qonunbuzarliklar boʻyicha 300ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Prosmotr syujeta pro zaderjaniye jitelya Samarkandda, kotorыy otpravlyalsya v xadj i pыtalsya provezti opiy - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Haj ziyoratiga qoradori va xorijiy valyuta olib oʻtmoqchi boʻlgan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi
"Ushbu jinoyatlarning barchasi joriy yilda 30 avgust sanasidan 4 sentyabrga qadar sodir etilgan", — deb xabar qilgan Qirollik xavfsizlik xizmatidagi manbalar "Axbar24" yangiliklar portaliga.

"Haj vaqtida tergov tadbirlarini amalga oshiruvchi 16ta markaz 300ta jinoiy ishlarni koʻrib chiqqan, shu jumladan ularning 17tasi haj vaqtida shilqimlik qilish bilan bogʻliq boʻlgan", — deb taʼkidlagan manba.

Bundan tashqari, saudiyachilarning politsiya xizmati haj mavsumida oʻgʻirlik bilan bogʻliq 25ta holatning oldini olishga muvaffaq boʻlgan, shuningdek huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan narkotik qabul qilib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan shaxslar ham qoʻlga olingan.

Politsiyachilar koʻrib chiqqan jinoiy ishlar orasida shuningdek, fol ochish, soʻz bilan haqoratlash, oʻz-oʻziga tan jarohati yetkazish, noqonuniy suv savdosi bilan bogʻliq holatlar ham boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala