Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi yakunlandi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta KыrgыzstanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev s suprugoy v aeroportu Manas
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev s suprugoy v aeroportu Manas - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun 6 sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun, 6-sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiziston Respublikasiga davlattashrifi nihoyasiga yetdi.

Prezident Almazbek Atambayev "Manas" xalqaro aeroportida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni vataniga kuzatib qoʻydi.

Tadbirda ikki davlat rasmiy delegatsiyalari vakillari ishtirok etishdi.

Qirgʻiziston respublikasiga uyushtirilgan davlat tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev tor va kengaytirilgan tarkibda ikki tomonlama muzokaralarni oʻtkazdilar.

Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Oʻrtamizda chegara emas, doʻstlik darvozalari boʻladi" - ikki prezidentdan vaʼda
Davlat rahbarlari Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi hamkorlikni imkon qadar chuqurlashtirish ikki mamlakat xalqlarining tub manfaatlariga xizmat qilishini taʼkidladilar. Tomonlar boʻlib oʻtgan muzokaralar va tashrif davomida imzolangan hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yangidan katta turtki boʻlishiga, mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda uning barqaror rivojlanishi va ravnaq topishiga koʻmak berishiga ishonch bildirdilar.

Tomonlar 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 25 yilligiga bagʻishlangan qator qoʻshma tadbirlarni oʻtkazishga kelishib oldilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayevga va barcha qirgʻiz xalqiga oʻzbek delegatsiyasiga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik, iliq va doʻstona qabul uchun minnatdorchilik bildirdi hamda Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayevga javob tariqasida davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻlishni taklif qildi. Tashrifning aniq muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala