Dunyoda

Telegram asoschisi Pavel Durov FBR bosimi haqida soʻzlab berdi

FBR agentlari rossiyalik ishbilarmon Pavel Durovdan "VKontakte" va Telegram dasturlari haqida maʼlumot olishga harakat qilganlar

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. AQSH Federal xavfsizlik byurosi (FBR) tomonidan "VKontakte" va Telegram dasturlari haqidagi maʼlumotlarni olish maqsadida rossiyalik ishbilarmon Pavel Durovga bosim oʻtkazilgan. Bu haqda Durov The Baffler nashriga maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Donald Tramp, AQSH prezidenti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Federal tergov byurosi direktorini ishdan boʻshatdi

Pavel Durovning soʻzlariga koʻra, birinchi galda Durov "VKontakte"dagi oʻz ulushini sotganda va Rossiyadan chiqib ketganda FBR agentlarining eʼtiboriga tushgan. Byuro agentlari Durovni ular bilan hamkor qilish uchun ogʻdirishga harakat qilishgan. Durov AQSH chegarasini kesib oʻtayotganda aeroportda "suhbat" qilish uchun toʻxtatilgan.

Boshida FBR agentlari koʻproq "VKontakte" ijtimoiy tarmogʻi haqida va Durovning rossiyalik huquq tartibot organlari bilan munosabatlari haqidagi maʼlumotlarni bilib olmoqchi boʻlganlar. Bu savollar Durovga yoqmagan.

"Men amerikaning koʻrsichqonni boʻlishni istamadim. Shuning uchun men ularga juda kam maʼlumot, jumladan ommaviy axborot vositalarda chop etilgan maʼlumotlarni berdim", — dedi Durov.

Prezident SSHA Donald Tramp i Gossekretar Reks Tillerson - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Prezident Tramp AQSH Davlat kotibi Reks Tillerson ishidan norozi
Byuro xodimlarini bunday javob qoniqtirmadi va ular Durovning yangi loyihasi — Telegram messenjeri haqida maʼlumotlarni olishga harakat qilishdi. 2016 yil may oyida Durov San-Frantsiskoda har yili boʻlib oʻtadigan Google konferentsiyasida ishtirok etish uchun borgan. U yerda FBR agentlari Durovning ijaraga olgan uyiga sud qarori bilan kelishgan.

"Ular darrov Telegram haqida soʻroq qilishni boshlashdi. Bu meni bezovta qildi. <…> Ular menga sud qarorini koʻrsatishdi va "Biz seni kriptografiya va mahfiylik boʻyicha qarashlaringni juda hurmat qilamiz, bizga seni ishing juda yoqadi. Lekin jiddiy muammo bor bu — terrorizm, biz undan jamiyatni himoya qilishimiz kerak. Biz terrorchilik xavflarini aniqlash maqsadida aloqa almashinuvini yoʻlga qoʻyishimiz kerak", — deb taʼkidladi Durov.

Ishbilarmon Durov ushbu sud qarori "qalbaki boʻlganligi va FBR xodimlari hamkorlik qilish uchun ogʻdirish maqsadida foydalangan" deb hisobladi. The Baffler maʼlumotiga koʻra, Telegram bilan bogʻliq boʻlgan kompaniyalar AQShda roʻyxatga olinmagan va oʻz vakolatxonalariga ega emas, shuning uchun ularga AQSH sudining huquqiy vakolatlari taʼsir qila olmaydi.

FBR xodimlari Los-Anjeles shahrida Telegram bir nafar mutaxassisini pul evaziga ogʻdirmoqchi boʻlishgan. Durovning soʻzlariga koʻra, ular Telegram ichki tuzilishi va shifr algoritmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uchun "oʻn minglab dollar" pul mablagʻini taklif qilganlar. Ular bunga rad javobini olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala