O‘zbekistonga Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri keladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishVostochniy ekonomicheskiy forum. Den vtoroy
Vostochniy ekonomicheskiy forum. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri Sergey Levinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish hajmi yanada oshadi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonga Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri Aleksandr Tkachev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Tashrif taxminan 20-sentabrga mo‘ljallangan. Bu haqda Sputnik muxbiriga Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida ma’lum qilindi.

Interyer moskovskogo restorana PLOV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mevalari Rossiyaning eng qimmat restoranlari menyusidan o‘rin oladi

Tashrif doirasidagi uchrashuvlar davomida kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekistondan Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish mavzusi bo‘lishi kutilmoqda. Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida mahsulot va transport vositalari o‘tishi chog‘ida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi ("yashil yo‘lak") amal qilmoqda.

Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri Sergey Levinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish hajmi yanada oshadi.

"Eslatib o‘taman, 2016-yilda O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish va tovar almashish hajmi ikki baravarga oshdi. O‘sish bu yil ham davom etmoqda. Ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish hajmi yanada oshishini mo‘ljallamoqdamiz", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0