Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Erdoʻgʻon: musulmon birodarlarimiz Myanmada oʻta shavqatsiz munosabatlarga duch kelishmoqda

© AFP / ADEM ALTANTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya prezidenti IHT ishtirokchi davlatlarini hamjihatlikda Myanma musulmonlariga yordam berishga chaqirdi

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon Ostonada boʻlib oʻtayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti davomida Myanmadagi vaziyat masalasini koʻtardi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston.

Musulmonlar - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Nazarboyev: islomiy jamiyat murakkab sinovlarga duch kelmoqda
"Afsuski, musulmonlar butun dunyoda qiyinchiliklarni boshdan kechirishmoqda. Biz, albatta, birdamlik va hamkorlikni kuchaytirish, bu murakkab vaziyatdan chiqib ketish uchun bor gʻayratimizni, bor harakatimizni ishga solmogʻimiz kerak", — deb aytgan Erdoʻgʻon sammitda.

"Myanmada bizning musulmon birodarlarimiz oʻta shavqatsiz munosabatlarga duch kelishmoqda, ularni oʻz uylarini tark etishga majbur qilishmoqda. Biz ularga nisbatan boʻlayotgan bu adolatsiz munosabatga barham berish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. Ushbu insoniyat dramasining oldini olish maqsadida, biz Myanma va Bangladesh hukumati bilan birgalikda ish olib bormoqchimiz", — deb qoʻshimcha qilgan Erdoʻgʻon.

Turkiya prezidenti Bangladeshda boshpana izlayotgan musulmonlar ham yordamga muhtojligini qayd etib oʻtgan.

"Biz Bangladesh hukumatiga bu borada yordam berish istagimizni maʼlum qildik", — deya xotima qilgan Turkiya prezidenti.

Bejentsы peresekayut granitsu Bangladesh-Myanma - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
BMT jamgʻarmasi myanmalik qochqinlarga yordam berish maqsadida 7 million dollar ajratadi
Myanma harbiylari va xavfsizlik kuchlari avgust oyi oxiridan buyon Rakxayn shtatida islom jangrilariga qarshi operatsiyalarni amalga oshirib kelishmoqda. Ushbu operatsiya 25 avgust kuni roxinja-jangarilari Rakxayn shtatida bir nechta politsiyachilar postlariga va armiya kazarmalariga muvofiqlashtirilgan hujumlarni amalga oshirganidan soʻng boshlanib ketgan. Hodisa oqibatida 400 kishi halok boʻlgan. Turli maʼlumotlarga koʻra, Bangladeshga 146 mingdan 300 ming nafargacha odam qochib oʻtgan.

Yakshanba kuni Ostona shahrida fan va texnologiyalar mavzusida IHT sammiti boshlandi. Tadbirda IHTning 56 ishtirokchi-davlatlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar qatnashishmoqda. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu sammitda ishtirok etish uchun kuni kecha Ostonaga joʻnab ketdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala