Islom dunyosiga o‘z "katta yigirmataligi" kerak - Nazarboyev

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishQozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Katta yigirmatalik" muqobili islom dunyosining 15ta yetakchi davlatlaridan tashkil topishi mumkin

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev islom dunyosida "katta yigirmatalik" muqobilini tashkil etishni taklif qildi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi IHT sammitida - Sputnik O‘zbekiston
Aksariyat musulmon davlatlari texnologiyalarda ortda qolmoqda - Mirziyoyev
"Men, G-20ga o‘xshash forum — islom dunyosida fan va iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha norasmiy guruhni — tashkil etish kerak, degan fikrdaman. Islom hamkorlik tashkilotining 15ta yetakchi davlatidan IHT-15 tashkilotini vujudga keltirsa bo‘ladi", — deb aytgan Nazarboyev yakshanba kuni IHT sammitida.

Qozog‘iston prezidenti, islom dunyosi uchun fan va texnologiyalar taraqqiyoti juda muhimligini, ushbu yo‘nalish "g‘arb davlatlari bilan sermahsul hamkorlik"ni rivojlantirish uchun asos bo‘la olishini ta’kidlab o‘tgan.

Nazarboyev fikricha, islom dunyosini g‘arb bilan yaqinlashtirib turadigan forumlarni tez-tez o‘tkazib turish kerak.

O‘z navbatida Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on IHT davlatlari o‘rtasida fan va texnologiyalar taraqqiyoti sohasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerak degan fikrni ma’qullagan.

"Islom sivilizatsiyasi — bu fan va ilm sivilizatsiyasi. Musulmonlar jahon siyosatiga yo‘nalish berib turgan davrlarda, aynan islom dunyosi ilm-fan va innovatsiyalar markazi bo‘lgan. Fan va o‘qish, tadqiqotlar musulmonlar hayotida ikkinchi planga o‘tgach, o‘sha davrdan boshlab ortda qolish va tanazzul davri boshlangan", — degan Erdo‘g‘on.

Musulmonlar - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev: islomiy jamiyat murakkab sinovlarga duch kelmoqda
Erdo‘g‘on aytgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda islom dunyosining 55% aholisi savodsizdir.

"Bizning eng muvaffaqiyatli farzandlarimiz, eng zo‘r onglarimiz g‘arb davlatlariga ketmoqda, g‘arb tashkilotlarida faoliyat yuritishmoqda, shuningdek, afsus bilan qayd etish joizki, innovatsion texnologiyalar sohasida (mahsulotlarni) ishlab chiqarish o‘rniga ularning iste’molchisiga aylanib qolganmiz. Bu milliy xavfsizligimiz nuqtayi-nazaridan bizni zaiflashtirmoqda", — degan Erdo‘g‘on.

Erdo‘g‘onning fikricha, islom dunyosi gullab-yashnashi uchun, musulmon mamlakatlari "bilimlarni ishlab chiqarishi" va "ularga eng yaxshi darajada ishlov berishi" lozim. Aynan shu maqsadda Turkiya prezidenti IHT davlatlari o‘rtasida talabalar almashinuvi oliygohlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0