Dunyoda

AQSH davlat qarzi ilk bor 20 trillion dollardan oshib ketdi

© Commons.wikimedia / ValugiSchetchik gosudarstvennogo dolga SSHA. 2012 god
Schetchik gosudarstvennogo dolga SSHA. 2012 god - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yil mart oyi oʻrtalarida ushbu qarzdorlik 19,84 trillion dollarlik darajada muzlatib qoʻyilgan edi

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. AQSH davlat qarzi ilk bor 20 trilion dollarlik koʻrsatkichdan oshib ketdi, deb xabar qildi RIA Novosti Business Insider tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, joriy yil mart oyi oʻrtalarida ushbu qarzdorlik 19,84 trillion dollarlik darajada muzlatib qoʻyilgan edi.

Oʻtgan haftada prezident Donald Tramp uning vaqtinchalik oshirilishi toʻgʻrisida qonunni imzolagan edi.

AQSH davlat qarzi hisobini koʻrsatuvchi hisoblagichlar koʻplab davlat saytlarida joylashtirilgan boʻlib, qarzdorlik holatini onlayn tarzda koʻrish mumkin.

Bugungi kunda qarzdorlik 20,164 trillion dollarni tashkil qildi va bu koʻpayishda davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala