Polshalik turistlar uchun viza olish tartibi osonlashadi

© Foto : Olga TalskayaTuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yildan boshlab polshalik turistlar O‘zbekiston vizasini murojaatidan 2 kun o‘tib oladigan bo‘lishdi.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston mamlakatga 30 kundan kam muddatga keladigan polshalik turistlar uchun viza olish tartibini osonlashtirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi tartib haqidagi qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Undan maqsad O‘zbekistonga kelayotgan polshalik sayyohlar sonini oshirishdir.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, kelasi yildan boshlab polshalik mehmonlar uchun kirish vizalarini, hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 kun ichida rasmiylashtirishi kerak. O‘zbekiston tomonidan taklifnoma yoki turistik vaucher talab qilinmaydi.

Shuningdek, O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yana bir necha mamlakatuchun ham viza olish tartibi osonlashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu maqsad uchun alohida ishchi guruh tashkil qilingan.

Undan tashqari O‘zbekistonda sayyohlikning alohida turi — ziyorat uchun kelayotgan turistlar uchun ham maxsus viza tartibi ishlab chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0