Shukrulloga "Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi" mukofoti berildi

Obuna bo‘lish
"Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi" mukofoti har yili turkiy dunyoning eng hurmatli va yetuk shoir-yozuvchilariga taqdim etiladi

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Turk dunyosining 2017-yildagi madaniy poytaxti Turkiston shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi"da Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasining "Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi 2016" mukofoti buyuk o‘zbek shoiri va yozuvchisi Shukrulloga taqdim etildi, deb xabar bermoqda Ziyouz portali.

Xabarda aytilishicha, 96 yoshli Shukrullo domla kongressga kela olmagani uchun sovrinni topshirish vakolati Ziyouz portali muharriri Davronbek Tojialiyevga berildi.

© ziyouz.uzO‘zbekiston xalq shoiri Shukrulloga "Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi 2016" mukofoti taqdim etildi
Narodnomu poetu Uzbekistana Shukrullo vruchili premiyu Literaturniy chelovek goda v tureskom mire - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalq shoiri Shukrulloga "Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi 2016" mukofoti taqdim etildi

Shukrullo (Yusupov) 1921-yil 2-sentabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq shoiri.

Ko‘plab she’riy asarlar, dostonlar, bolalarga atalgan she’r va ertaklar, she’riy dramalar muallifi.

"Javohirlar sandig‘i" essesi, qatag‘on davri dahshatlari haqidagi "Kafansiz ko‘milganlar" avtobiografik qissasi, "Tirik ruhlar" roman-xronikasi muallifi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, "Do‘stlik" va "El-yurt hurmati" ordenlari bilan mukofotlangan.

"Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi" mukofoti har yili turkiy dunyoning eng hurmatli va yetuk shoir-yozuvchilariga taqdim etiladi. Bu mukofotga 2011-yili Ali Oqbosh (Turkiya), 2012-yili Anor (Ozarbayjon), 2013-yili To‘len Abdik (Qozog‘iston), 2014-yili Ismoil Bo‘zqurt (Kipr), 2015-yili Umar Sultonov (Qirg‘iziston) sazovor bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0