"ICTWEEK UZBEKISTAN" haftaligida yuzlab ishlanma va texnologiyalar namoyish etiladi

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishVistavka "Smotrite, eto — NANO!"
Vistavka Smotrite, eto — NANO! - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haftalikda O‘zbekiston va xorij olimlari tomonidan yaratilgan yuzlab ishlanma va texnologiyalar namoyish etiladi

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. 18-22-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "ICTWEEK UZBEKISTAN — 2017" axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida O‘zbekiston va xorij olimlari tomonidan yaratilgan yuzlab ishlanma va texnologiyalar namoyish etiladi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

AKT haftaligini "ICTSUMMIT — 2017" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti ochib beradi. Sammit 19-sentabr kuni "O‘zekspomarkaz" anjumanlar zalida o‘tkaziladi. Sammit ishtirokchilari O‘zbekistonda AKT holati va AKTning rivojlanish istiqbollari, davlat boshqaruviga informatsion texnologiyalarni joriy qilishdagi yutuq va kamchiliklar, "Elektron hukumat" tizimi va unga kirish infratuzilmasi taraqqiyoti, shuningdek, mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

V sexe sborki zavoda kompanii Samsung Electronics - Sputnik O‘zbekiston
Innovatsiya markazi buyurtmalar qabul qilishni boshladi

19-21-sentabr kunlari Toshkent shahrida "ICTExpo — 2017" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Unda 100 dan ortiq kompaniya, 35 ming ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

"ICT FORUM — 2017" haftaligi doirasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada taraqqiy ettirishning zamonaviy tendensiyalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Forumga xorijdan mazkur sohada boy tajriba to‘plagan ekspert va mutaxassislar taklif etilgan. Shuningdek, forum dasturidan nafaqat yosh avlod, balki katta avlod vakillari orasida ham AKTni keng tatbiq etishga qaratilgan turli interaktiv tadbirlar o‘rin olgan.

AKT haftaligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ma’lumot uchun, "ICTWEEK UZBEKISTAN" AKT haftaligi 2004-yildan buyon har yili sentabr oyi oxirida o‘tkazib kelinadi.

Yangiliklar lentasi
0