Jamiyat

Konvertatsiya ochilganidan keyin qancha dollar almashtirilgani maʼlum boʻldi

Markaziy bank xabariga koʻra jismoniy shaxslar tijorat banklari orqali 200 mln dollar yuridik shaxslar 100 mln dollar almashtirgan.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab erkin konvertatsiya ochilgan edi. Bugun ushbu muhim islohotning birinchi natijalari qayd qilindi.

Bugun, 14 sentyabr kuni "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi prezident farmoni ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Valyuta kursi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Boʻlarkanu!": dollar atrofidagi oʻzgarishlarga Facebook foydalanuvchilarining munosabati

Unda Markaziy bank raisi birinchi oʻrinbosari Temur Aminjonovich Ishmetov soʻzga chiqib, konvertatsiya ochilganidan qancha mablagʻ almashtirilganini maʼlum qildi.

Ishmetov maʼlumotiga koʻra, 5 sentyabrdan beri tijorat banklarida jismoniy shaxslar tomonidan jami 200 mln dollar mablagʻ almashtirib olingan, yuridik shaxslar esa ushbu davr mobayonida 100 mln dollarga yaqin mablagʻ almashtirgan.

Markaziy bank oʻrinbosari ushbu natija kutilganidan ham yaxshiroq ekanligini qayd qildi. Shuningdek, Ishmetov valyuta ayrboshlashda hech qanday cheklovlar yoʻqligini va naqd pul yetishmoqchiligi kuzatilmaganini qayd qildi.    

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala