Iqtisod

Markaziy bank 2017 yilda inflyatsiya darajasi 11-12% boʻlishini taxmin qilmoqda

© uz.24Tsentralnыy bank Uzbekistana
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda inflyatsiya 2016 yilda 5,7%ni tashkil etgan

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda 2017 yil yakunlariga koʻra inflyatsiya darajasi 11-12% atrofida boʻlishi kutilmoqda, deb maʼlum qildi Markaziy bank monetar siyosat departamenti rahbari Ilhom Norqulov.

"Yil yakunlariga koʻra 11-12% darajani moʻljallamoqdamiz. Kelasi yilda inflyatsiya darajasi 10%dan past boʻlishi moʻljallanmoqda", — dedi Norqulov bugun boʻlib oʻtgan brifingda.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Markaziy bank vakili naqd dollar qachondan sotilishi mumkinligiga oydinlik kiritdi

U taxminiy inflyatsiya koʻrsatkichlari yilning birinchi yarmida shakllangan omillar taʼsirida oshganligi va bu soʻm devalvatsiyasi bilan kam miqdorda bogʻliq ekanligini qoʻshib qoʻydi.

"Taxminning oʻzgarishi iqtisodiyotga kredit ajratilishining oʻsishi bilan bogʻliq", — aniqlik kiritdi Norqulov.

U Markaziy bank 28 iyundan qayta moliyalashtirish stavkasini 9dan 14%ga oshirishga qaror qilganligini eslatib oʻtdi. Mavsumiy tebranishlar natijasida inflyatsiya surʼatining oʻsishi hamda iqtisodiyotga kredit berish hajmining oʻtgan yilga nisbatan tez oʻsishi shunday qarorga kelinishiga sabab boʻlgan.

Rasmiy statistikaga koʻra, Oʻzbekistonda inflyatsiya 2016 yilda 5,7%ni tashkil etgan. 2017 yilda inflyatsiyani 5,7-6,7% atrofida ushlab turish rejalashtirilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar sentyabr oyidan boshlab bozor kursi boʻyicha valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini erkin amalga oshirishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala