OʻFF prezidenti ijtimoiy tarmoqlarda oʻtirmasligi xabar qilindi

© Federatsiya futbola UzbekistanaOʻFF prezidenti Umid Ahmadjonov
OʻFF prezidenti Umid Ahmadjonov - Sputnik Oʻzbekiston
Federatsiya bilan bogʻliq rasmiy bayonotlar, xabar va maʼlumotlar OʻFF rasmiy saytida, OʻFFning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida berib boriladi

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti yoʻq, deb xabar qilindi Federatsiya rasmiy saytida.

Umid Axmadjanov - novыy prezident FFU - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Umid Ahmadjonov Mirabror Usmonov oʻrniga OʻFFga prezident etib saylandi
"Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlarning koʻpayishi va ularda asossiz xabarlarning tarqatilishi ortidan Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.

Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti yoʻq va yaqin orada ochishni ham rejalashtirmayapti.

Federatsiya bilan bogʻliq rasmiy bayonotlar, xabar va maʼlumotlar OʻFF rasmiy saytida, OʻFFning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida berib boriladi", — deyilgan rasmiy byonotda.

Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti va tegishli rahbarlarga info@the-uff.com elektron pochtasi orqali taklif va mulohazalar bilan murojaat qilish mumkinligi qoʻshimcha qilingan.

Federatsiya prezidenti va mutasaddi rahbarlar futbol jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari, ishqibozlarning taklif va mulohazalarini eshitishga tayyorligi bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala