OʻFF 10 kun ichida xalqqa bayonot beradi

Federatsiyaning boʻlinmalarini qayta koʻrib chiqish va maʼmuriy apparatga yetuk muxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. OʻFF 10 kun ichida yangi rejalar haqida axborot beradi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi matubot-xizmati.

Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v den prazdnovaniya 70-letiya prezidenta Federatsii futbola Uzbekistana Mirabrora Usmanova ukazom ot 4 iyulya nagradil ordenom Dustlik - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Mirabror Usmonov terma jamoani JChga olib chiqishga vaʼda bermaganligini aytdi
"Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining yangi rahbariyati bolalar-oʻsmirlar va ommaviy futbolni yanada rivojlantirish, milliy terma jamoalarning faoliyatini tubdan isloh qilish, futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati saviyasini koʻtarish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xalq va ishqibozlar bilan muloqot koʻpriklarini yanada koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilayapti", — deyiladi xabarda.

Shu asosda federatsiyaning boʻlinmalarini qayta koʻrib chiqish va maʼmuriy apparatga yetuk muxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi ushbu xabar eʼlon qilinganidan 10 kun oʻtib, mamlakat futbolini rivojlantirish yoʻlidagi 2018-2022 yillarga moʻljallangan islohotlar rejasi, Oʻzbekiston futbolini yanada rivojlantirish dasturi yuzasidan jamoatchilikka maʼlumot beradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala