Jamiyat

Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik chiqariladimi - MB javobi

© SputnikKupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum - Sputnik Oʻzbekiston
Shu kechayu-kunduzda Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik banknota chiqarilarmish degan gaplar yashin tezligida tarqalmoqda

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan OʻzEOAVMA Media Markazida tashkil etilgan brifingda 100 ming soʻmlik chiqarilishi bilan bogʻliq gap-soʻzlarga oydinlik kiritildi, deb xabar berdi "Darakchi" nashri.

Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Markaziy bank 50 ming soʻmlik pulning muomalaga chiqarilishi boʻyicha sharh berdi

Gap shundaki, 50 ming soʻmlik pul chiqarilgach, ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik kupyura ham chiqariladi degan mish-mishlar tarqalib ketdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan OʻzEOAVMA Media Markazida tashkil etilgan brifingda ushbu gap-soʻzlarga oydinlik kiritilgan.

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Temur Ishmetov bu gap-soʻzlar mutlaqo asossizligini aytib, pul birligi chiqarilishi haqida biror qaror qabul qilinsa, albatta OAV orqali maʼlumot berilishini aytgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala